Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

"Buxoro geofizika ekspeditsiyasi" filialida "Kiber jinoyatchilik: tahlil, tahdid va himoya" mavzusida yig'ilish bo'lib o'tdi

16.11.2022
535

Joriy yilning 15-noyabr sanasida "Buxoro geofizika ekspeditsiyasi" filialida "Kiber jinoyatchilik: tahlil, tahdid va himoya" mavzusida yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilishda Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan filial ishchi-xodimlariga аsrimizning global muammolari qatoriga yangidan-yangi turlari bilan tilga olinayotgan kiberjinoyatchilik to'g'risida to'liq tushuncha berildi. Yig'ilish davomida оson boylik orttirish maqsadida ijtimoiy tarmoqlar orqali e'lon qilinayotgan turli yutuqli o'yinlar, elektron savdolarda ishtirok etmaslik, internet tarmog'idagi har xil mobil ilovalarni telefonga yuklab olmaslik va unga plastik karta raqamlarini kiritmaslik bo'yicha tushuntirishlar berildi.

Muhim esslatma!!! Kiberjinoyatchilar ijtimoiy tarmoqlar orqali har xil vajlar bilan karta egalariga SMS-xabarnomalar jo'natmoqda. Bunday xabarlarga aslo javob bermang.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech