27.09.2024
E'lon
“O’zbekgeofizika” AJ “Amirobod kon geofizika ekspeditsiyasi” filiali Sanoat xavfsizligi, mehnatni va atrof-muhitni muhofaza qilish xizmati boshlig’i lavozimiga tanlov e’lon qiladi.
O’zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi Qonunga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarda zamonaviy korporativ boshqaruv usullarni joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF 4720-sonli Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi PF 5843-sonli Farmoni, Davlat geologiya va mineral resurslar qo’mitasining 15.02.2021 yildagi 27-sonli Buyrug’i va “O’zbekgeofizika” AJning 18.02.2021 yil 25-sonli Buyrug’i va “Amirobod kon geofizika ekspeditsiyasi” filiali 2023 yil 26.06.dagi 102-k Buyrug’iga muvofiq, Sanoat xavfsizligi, mehnatni va atrof-muhitni muhofaza qilish xizmati boshlig’i lavozimiga nomzodlar tanlovi e’lon qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, ushbu tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan xalqaro menedjerlar, shu jumladan vatandoshlar va xorijiy tajribaga ega malakali mutaxassislar ishtirok etishi mumkin.
Nomzodlarga qo’yiladigan talablar:
- Oliy kasbiy ma’lumot va ishlab chiqarishda texnik rahbarlik malakasiga ega bo’lishi, hamda mutaxassis lavozimida kamida 3 yil stajga ega bo’lishi;
- Maxsus tegishli guvohnomalarning mavjudligi;
Bilishi shart:
O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari, xavfsizlik texnikasi, mehnatni muhofaza qilish sohasiga tegishli barcha Qaror, Farmoyish, buyruqlari va boshqa rahbarlik materiallari, neft va gaz sohasida boshqarishning yagona tizimi, texnika va sanoat xavfsizligi chora-tadbirlarning bajarilishi to’g’risida hisobot tizimi tartibi va muddatlari, RV va atrof-muhitni muhofaza qilish ishlarini tashkil qilish, mehnat xavfsizlik standartlari tizimi, uskunalarning texnik holati, xavfsiz ishlash talablariga muvofiqligini nazorat qilish. Sanoat va mehnat xavfsizligi, atrof-muhitni muxofaza qilish sohasida xorijiy tajriba. Mehnat qonunchiligi asoslari, iqtisodiyot, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish asoslari, sanoat sanitariyasi va yong’indan himoya qilish qoidalari.
Tillarni bilishi:
- O’zbek va rus tillarini mukammal bilishi, ingliz tilini bilishi talab etiladi.
Kompyuter bilimi:
MS Office – ishonch bilan foydalanish.
Xizmat vazifalari:
- Sanoat xavfsizligi va mehnatni va atrof-muhitni muxofaza qilish bo’yicha ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish. Korxona bo’limlarida Sanoat xavfsizligi va mehnatni va atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha Qonunchilik va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilish. Mehnatni muxofaza qilishni yaxshilashga qaratilgan tadbir va takliflarni ishlab chiqish;
- Tegishli xizmatlar tomonidan mashinalar va mexanizmlarning uskunalari holatini zarur sinovlar va texnik tekshiruvlarning o’z vaqtida o’tkazilishi, xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari parametrlarini o’lchash jadvallariga rioya etilishini, ishlab chiqarish jarayonida mehnatni muhofaza etish standartlarining mehnatni muhofaza qilish bo’yicha amaldagi me’yorlar, qoidalar va ko’rsatmalariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va nazorat organlarining ko’rsatmalarini bajarilishini nazorat qilish, shuningdek, yangi va rekonstruksiya qilinadigan ob’ektlar loyihalarida ularni ekspluatatsiyaga qabul qilishda ishtirok etishi;
- Baxtsiz hodisalarni keltirib chiqaradigan sabablar va holatlarni aniqlash, baxtsiz hodisalar to’g’risidagi tergov hujjatlarini tasdiqlash, baxtsiz hodisalarga olib keladigan sabablarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish. Ob’ektlarda baxtsiz hodisalar va ularning sabablarini tekshirish bo’yicha komissiya ishida ishtirok etish.
- Sanoat xavfsizligi, mehnatni va atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha bir vazifadan boshqa vazifaga o’tishda, brifinglar o’tkazish. Ishlab chiqarish amaliyotiga kelgan talabalarga xavfsiz mehnat sharoitlarida ishlash to’g’risida birlamchi yo’riqnomalar o’tkazish.
- Mutaxassis va texnik xodimlarni malakasini oshirish bo’yicha texnik o’quvlar o’tkazish.
Mehnat sharoitlari:
Ish vaqti: doimiy 5 kunlik ish haftasi, zarur vaziyatda vaxta usuli ish sharoiti, O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar taqdim etishning namunasi:
Rezyume yoki tavsifnoma, diplom nusxalari, sertifikatlar, portlatish ishlariga rahbarlik qilish kitobchasi, mehnat daftarchasi nusxasi (sudlanmaganlik to’g’risida ma’lumotnoma).
“O’zbekgeofizika” AJ kadrlar va ularni malakasini oshirish bo’limida qabul qilinadi.
Hujjatlarni qabul qilish muddati:
2024 yil 30.09., soat 16.00.ga qadar.
Tanlov to’g’risidagi qo’shimcha ma’lumotlar quyidagi raqam orqali olinadi:
71-264-84-88
Arizangizni yuboring