АКЦИОНЕРНОЕ ОБЩЕСТВО

«UZBEKGEOFIZIKA»

AKSIYADORLIK JAMIYATI

phone +998 (71) 264-84-94

address Toshkent viloyati, Qibray tumani, Geofizika mahallasi

O'zbekgeofizika AJning tashkiliy tuzilmasiga izohlar

Korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish, strategik boshqaruvda aktsiyadorlarning rolini kuchaytirish va samaradorlikni oshirish maqsadida 2018 yil 22 iyun kuni ""O'zbekgeofizika"" aksiyadorlik jamiyatining tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi. Sanoatning xususiyatlari va korxonaning o'ziga xos faoliyatidan kelib chiqqan holda tuzilgan tashkiliy tuzilma O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.04.2015 yilda tasdiqlangan №PF-4720 ""Aktsiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora- tadbirlari to'g'risida"" gi farmoniga muvofiq tayyorlangan.

Aktsiyadorlar umumiy yig'ilishi, kuzatuv kengashi va ijroiya organi jamiyatning boshqaruv organlari hisoblanadi.

Aksiyadorlar umumiy yig'ilishi jamiyatning oliy boshqaruv organi hisoblanadi. Qonun hujjatlari, nizom va jamiyat ichki hujjatlari aktsiyadorlar umumiy yig’ilishining faoliyatini taribga solib turuvchi hujjatlar hisoblanadi.

Jamiyat kuzatuv kengashi qonunchilikda va jamiyat nizomida aksiyadorlar umumiy yig'ilishining vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilishdan tashqari, jamiyat faoliyatining umumiy boshqaruvini amalga oshiradi. Nizomga muvofiq kuzatuv kengashining tarkibi 9(to’qqiz) kishidan iborat.

Jamiyatning joriy faoliyatini boshqarish jamiyat boshqaruvi tomonidan amalga oshiriladi, boshqaruv kengashi a'zolarining vakolati jamiyat nizomida belgilanadi. Boshqaruv kengashi 5 kishidan iborat: Boshqaruv Raisi, boshqaruv raisining ishlab chiqarish bo'yicha birinchi o'rinbosari va 3ta boshqaruv raisi o’rinbosarlari (Geologiya va geofizika ishlari bo'yicha kengash raisining o'rinbosari, Moliya ishlari bo’yicha boshqaruv raisi o'rinbosari, Ishlab chiqarish, texnika ta’minlash va umumiy qurilish ishlari bo’yicha boshqaruv raisi o’rinbosari ). Jamiyatning ijro etuvchi organi aktsiyadorlar umumiy yig'ilishi va jamiyat kuzatuv kengashining qarorlarini bajarilishini tashkil etadi. Jamiyatning ustaviga binoan shuningdek, Aktsiyadorlar umumiy yig’ilishining yoki Jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga ko’ra Jamiyat boshqaruv a’zolarini tayinlash, qoida tariqasida xorijiy menejerlar ishtirok etishi mumkin bo’lgan tanlov bo’yicha saralash asosida amalga oshiriladi.

Jamiyatni boshqarishda boshqaruv ijro apparati va bevosita bo’ysunuvchi ishlab chiqarish partiyalari faoliyat ko’rsatadilar.

Jamiyatning moliya-xo’jalik faoliyatini nazorat qilish uchun aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi tomonidan jamiyat ustaviga asosan taftish komissiyasi saylanadi. Jamiyat taftish komissiyasi a’zosi yoki a’zolariga doir malaka talablari aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi tomonidan belgilanadi.

Jamiyat taftish komissiyasining vakolat doirasi Qonun hujjatlari va jamiyat nizomi bilan belgilanadi. Jamiyat taftish komissiyasi aktsiyadorlar umumiy yig’ilishida tasdiqlangan nizom bilan faoliyat yuritadi.

Jamiyatning ichki audit xizmati jamiyatning ijroiya organi, filiallari va vakolatxonalari tomonidan qonun hujjatlariga, jamiyat ustaviga va boshqa hujjatlariga rioya etilishini, buxgalteriya hisobida va moliyaviy hisobotlarida madumotlammg to’liq hamda ishonchli tarzda aks ettirilishi ta’mmlamshim, xo’jalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va tartib-taomillariga rioya etilishini, aktivlarning saqlanishini, shuningdek jamiyatni boshqarish yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishini tekshirish hamda monitoring olib borish orqali jamiyatning ijroiya organi, filiallari va vakolatxonalari ishini nazorat qiladi hamda baholaydi.

Jamiyatning korparativ maslahatchisi jamiyat kuzatuv kengashiga hisobot beradi va korporativ qonunchilikka rioya qilishni nazorat qilish funktsiyalarini bajaradi. Jamiyat korporativ maslahatchisining faoliyati jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida amalga oshiriladi.

Ichki audit xizmati jamiyat kuzatuv kengashiga hisobot beradi.

Shuningdek, Jamiyatda respublikaning asosiy neft va gazga istiqbolli hududlarida 5ta (besh) filialli (ekspeditsiya) mavjud.

Rus tilidan o’zbek tiliga tarjima qilindi.

 

logo f
 

Obuna bo'lish

Copyright © 2015 - 2021 «UZBEKGEOFIZIKA» AJ
Sayt materiallaridan foydalanilganda saytga havola qilish majburiydir.
Saytni ishlab chiquvchi - ayudaAyuda Group

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.