"O'zbekgeofizika" aksiyadorlik jamiyati “Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorati” bo‘limi boshlig‘i lavozimiga nomzodlarni tanlash bo'yicha tanlovda ishtirok etishni taklif qiladi.
O'zbekiston Respublikasining "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida" gi qonuniga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi "Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruvi usullarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PF-4720-sonli farmoni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5843-son farmoni, DavGeolQo‘mning 15.02.2021 yildagi 27-sonli buyrug‘iga muvofiq "O'zbekgeofizika" aksiyadorlik jamiyati “Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorati” bo‘limi boshlig‘i lavozimiga nomzodlar tanlovini e'lon qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek ushbu tanlovida ishtirok etish istagini bildirgan xorijiy davlatlarning fuqarolari taklif etiladi.
Nomzodga qo'yiladigan talablar:
- oliy huquqshunos yoki moliya ma'lumotga ega bo‘lishi;
- yurisprudensiya, iqtisodiyot, moliya, soliq, audit mutaxassisligi boʼyicha 5 yildan kam boʼlmagan ish tajribasiga ega bolishi;
- iqtisodiy va yoki boshqaruv sohasida jinoyatlar uchun so‘ndirilmagan sudlanganligi;
- maxfiy hujjatlar bilan ishlash uchun ruxsatnomaga ega ekanligi yoki kelajakda mazkur ruxsatnoma rasmiylashtirilishiga to‘sqinlik qiluvchi salbiy holatlarning mavjud emasligi;
Tillarni bilishi:
Rus tilini mukammal bilishi, o'zbek, ingliz va nemis tillari ma'qullanadi.
- Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mavjud milliy qonunchilik, xorijiy tajriba hamda xalqaro standartlardan xabardor bo‘lish;
Kompyuter bilimi:
MS Office- ishonch bilan foydalanish.
Xizmat vazifalari:
Tashkilotning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini takomillashtirish.
Tashkilotda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish.
Tashkilotda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini samarali ishlashini ta’minlash va nazorat qilish.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni olib borish.
Faoliyatni to‘liq korrupsiyaga qarshi qonunchilikka muvofiq tashkil etish va idoraviy halollikni ta’minlash choralarini ko‘rish.
Tashkilot faoliyatining ochiq, shaffof hamda davlat va jamiyat oldidagi hisobdorligini ta’minlash.
Korrupsiyaga qarshi kurashishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va davlat idoralari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Sohadagi korrupsiyaga oid murojaatlarning monitoringini yuritish.
Xodimlarda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish hamda huquqiy bilimini oshirish maqsadida o‘quv kurslarini tashkil etish.
Mehnat sharoitlari:
Ish vaqti: 5/2, soat 8:00 dan 17:00 gacha. Doimiy ish.
O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Ish haqqi: shtat jadvali bilan belgilangan ish haqqi va Jamiyatning ichki hujjatlari va bozor mexanizmlariga muvofiq to'lovlarni (mukofotlar).
Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlarni topshirish tartibi:
Lavozimga talabgor bo‘lgan nomzodlarning hujjatlari (rezyume yoki ma'lumotnoma, diplomlar va guvohnomalar nusxalari, tavsiyanomalar, mehnat daftarchasi nusxasi, sudlanmaganligi to'g'risida guvohnoma) “O‘zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyatining xodimlarni boshqarish, tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘limininga qabul qilinadi.
Hujjatlarni qabul qilishning oxirgi muddati: 2022 yil 15 iyul soat 16-00 ga qadar.
Tanlov bo'yicha qo‘shimcha ma’lumotlar uchun ishtirokchilar 71 264-84-88 telefon raqami orqali bog'lanishlari mumkin.