Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

Zaxiralarni hisoblash, quduqlarni geofizik usullarida o’rganish ma’lumotlarini qayta ishlash va talqin qilish ishlari O’zbekiston Respublikasi Geologiya qo’mitasi tomonidan o’tkaziladigan neft - gaz geologiyasining asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.

“O’zbekgeofizika” AJ ning zaxiralarni hisoblash tajriba-uslubiy partiyasi 1956 - yilda tashkil etilgan:

  • Partiya tashkil topgandan hozirgi kungacha 200 dan ortiq neft va gaz konlarining zaxiralari hisoblangan va hisobotlar himoya qilingan.
  • Har yili quduqlarni kon-geofizika usullari yordamida o’rganish ma’lumotlari bo’yicha 200 dan ortiq tezkor xulosalar beriladi, ularning aniqlilik darajasi 98 % dan ortiq.

ZHTUP 3 ta otryaddan iborat: “Zaxiralarni hisoblash”, “Kon-geofizika materiallarini operativ qayta ishlash” va “GTT va QGUO’-nazorat ma’lumotlarini qayta ishlash”.

Otryadlarning vazifalari quyidagilardan iborat:

- Geologik-qidiruv ishlari natijasida olingan ma’lumotlar asosida uglevodorod konlarining uch o‘lchamli geologik modellarini ishlab chiqish, O‘zbekiston Respublikasi Davlat zaxiralar komissiyasining amaldagi yo’riqnomalariga muvofiq uglevodorod zaxiralarini hisoblash va qayta hisoblash bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash, hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar qo’mitasi qoshidagi doimiy faoliyat yurituvchi zaxiralar komissisida (PDKZ) va Davlat zaxiralar komissiyasiga ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun taqdim etish.

- Tuzilmalarning uch o‘lchovli geologik modellarini tuzish va chuqur izlov burg‘ilashga tayyorlanayotgan tuzilmalari uchun uglevodorod zahiralarining C3 toifasidagi istiqbolli resurslarini baholash;

- Geo Office Solver, Gintel kabi zamonaviy dasturlardan foydalangan holda quduq ma’lumotlarini tezkor qayta ishlash, talqin qilish va xulosalar berish;

- O'zbekiston Respublikasi konlarida yuqori texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishish uchun geologik-texnologik va ishlab chiqarish geologiya tadqiqotlar bo'yicha ishlarning joriy holatini monitoring qilish (kuzatish) ва GTT stantsiyalariga  raqamli datchiklarni ulash orqali quduqlarda barcha parametrlarni nazorat qilish va onlayn kuzatish.

Ish va xizmatlarning asosiy mijozlari:

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech