Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

“O‘zbekgeofizika” AJ 65 yildan ortiq neft va gaz quduqlarida kon-geofizika ishlarina olib bormoqda. Respublika hududidagi deyarli barcha neft va gaz konlari “O‘zbekgeofizika” AJ tomonidan olib borilgan geofizik tadqiqotlar natijasida ochilgan.

Hozirgi vaqtda jamiyat respublikaning barcha neft-gazli hududlarida, shuningdek, Tojikiston respublikasi hududida “Sugdnaftugaz” AJning buyurtmasiga asosan quduqlarda geofizik tadqiqot ishlarini olib bormoqda va kelgusida geofizik xizmatlar geografiyasini kegaytirishni rejalashtirmoqda.

 “O‘zbekgeofizika” AJning quduqlarda geofizik tadqiqotlar xizmatini ko‘rsatish filiallari Buxuro shaxrida (“Amirobod kon-geofizik ekspeditsiyasi”), Qo‘qon shaxrida (“Qo‘qon kon-geofizika partiyasi” “FGE” filiali) va Nukus shaxrida (“Ustyurt kon-geofizika partiyasi” “UGE” filiali) joylashgan. Barcha kon-geofizika ishlari ko‘p yillik tajribaga ega yuqori malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi v ushbu mutaxassislar har yili bilimlari sinovdan o‘tkazilib, malakalari oshirib boriladi.

  “O‘zbekgeofizika” AJ O‘zbekiston Respublikasi hududida portlovchi moddalar va ionlashtiruvchi nur manbaalarini ishlatish, saqlash, tashishga barcha litsenziya, ruxsatnoma va barcha hududlarda maxsus omborxonalariga ega.

Geofizik materiallarni qayta ishlash va talqin qilish barcha filiallarda hamda Toshkent shaxrida (bosh ofiss) maxsus dasturiy ta’minotlardan foydalangan holda amalga oshiriladi.

Jamiyatntng texnik parki vertikal, gorizontal quduqlarda elektro, akustik, radioaktiv karotaj usullari, quduqlarni diametrini, qiyaligini o‘lchash, quduqlarning texnik holatini aniqlash uchun yuqori harorat (180°S gacha) va bosimga (100 Mpa) chidamli zamonaviy geofizik quduq priborlari bilan jixozlangan.

Hozirgi vaqtda jamiyatning texnik parkida mavjud bo‘lgan barcha GTI stansiyalarini modernizatsiya qilish va ushbu stansiyalarga masofadan turib uzluksiz nazorat qilish dasturini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Jamiyat bugungi kunda nafaqat maxaliy, balki bir qator xorijiy korxonalar bilan hamkorlikni amalga oshirmoqda (“O‘zbeknftgaz” AJ, “O‘ztransgaz” AJ, Eriell, SANEG va boshqalar).

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech