Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

    Geologiya tuzilmalarini o'rganishda, ayniqsa, neft va gaz konlarini qidirishda qidiruvning geofizik usullari katta ahamiyatga ega.

  Oʻzbekistonda neft va gazni qidirish boʻyicha birinchi geofizik tadqiqotlar 40-yillarning oʻrtalarida Surxondaryo hududlarida va Fargʻona togʻlararo pastliklarida boshlangan.

  Geologiya qidiruv ishlari hajmining ortishi 1957 yil avgust oyida ixtisoslashtirilgan “Oʻzbek geofizika tresti”, hozirgi “OʻZBEKGEOFIZIKA” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish zaruriyatini keltirib chiqardi. Bu Respublika hududida keng ko‘lamli va maqsadli geofizik tadqiqotlar olib borishga xizmat qildi. Geofizik tadqiqotlarning asosiy qismi Ustyurt va Buxoro-Xiva neft-gazli rayonlarida olib borildi, u yerda yirik uglevodorod konlari topildi.
  

   1995 yilgacha Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi qoshida “Oʻzbek geofizika tresti” sifatida faoliyat koʻrsatgan.

   1996 yilda korxona “O‘zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilib, “O‘zbekneftgaz” xolding kompaniyasi tarkibiga kirdi.

   2019-yil “O‘zbekgeofizika” AJ Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tarkibiga o‘tdi va hozirgi kunda faoliyat yuritib kelmoqda.

   Jamiyat tashkil etilganidan buyon 900 ta istiqbolli neft va gaz tuzilmalari tayyorlandi. Ulardan 600 dan ortigʻi chuqur qidiruv burgʻulash ishlariga joriy etildi va geofizik ishlarning natijasida 250 dan ortiq uglevodorod konlari topildi.

   O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi davrida 458 ta istiqbolli tuzilmalar tayyorlandi, 122 ta yangi uglevodorod konlari ochildi. 


Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech