"O'zbekgeofizika"AJ Petrofizika laboratoriyasi 50 yildan ortiq vaqt davomida tadqiqot olib bormoqda. Qatlam fizikasi sohasida ob'ektiv ma'lumot olish va neft, gaz va gaz kondensati konlarining zaxiralarini hisoblash uchun kollektor jinslarining petrofizik va filtratsiya-sig’imli parametrlarini asoslash asosiy vazifasi hisoblanadi.
Bugungi kunda Laboratoriya AQSH (Coretest Systems inc.) ning zamonaviy uskunalar va dasturiy ta'minot bilan jihozlangan bo’lib, atmosfera va qatlam sharoitida kollektor jinslarining tarkibi va xususiyatlarini o'rganishga imkon beradi.
Taqdim etilayotgan xizmatlarning sifati, texnik jihozlar darajasi va xodimlarning ko'p yillik tajribasi laboratoriyaga quyidagi tashkilotlar bilan samarali hamkorlik qilish imkonini beradi:
Laboratoriya ko'p tarmoqli bo'linma bo'lib, quyidagi asosiy faoliyat yo'nalishlari bo'yicha tahlillarni o'tkazadi:
- Tadqiqot uchun kern na’munalarini tozalash va tayyorlash
- Kunduzi va ultrabinafsha nurda kern na’munalarini suratga olish
- Toʼliq diametrli kernda gamma-spektral va gamma-zichlik karotaj oʼtkazish
- Hajmiy zichlik aniqlash
- Minerologik zichlik aniqlash
- Umumiy gʼovaklikni aniqlash
- Ochiq gʼovaklikni aniqlash
- Аbsolyut gaz oʼtkazuvchanlikni aniqlash
- Qatlam yoʼnalishi oʼtkazuvchanligini aniqlash
- Suyuqlik bilan oʼtkazuvchanlik koeffitsientini aniqlash
- Markazdan qochma usul yordamida qoldiq suvga toʼyinganlik koeffitsientini aniqlash
- Qoldiq suv bilan to'yinganlik koeffitsientini kapillarimetriya yordamida aniqlash
- Qatlam sharoitida oʼtkazuvchanlikni aniqlash
- Qatlam sharoitida ochiq gʼovaklikni aniqlash
- Qatlam sharoitida 100% va oʼzgaruvchan suvga toʼyingan elektr qarshilikni aniqlash
- Joriy suvga toʼyinganligini modellashtirishda elektr qarshiligini 5 bosqichda aniqlash (atmosfera sharoitida)
- Samarali oʼtkazuvchanlikni (toʼyingan qoldiq suvda) aniqlash
- Аtmosfera va qatlam sharoitida koʼndalang va boʼylama toʼlqinlar tarqalish tezligini aniqlash
- Qatlam sharoitida togʼ jinsining dinamik qayishqoqlik xususiyatini hisoblash: Siljish moduli, Puasson koeffitsienti, xajmiy siqilish moduli, Yung moduli
- Togʼ jinslarining namlanishi
- Kapillyarometriya usuli orqali qoldiq suv toʼyinganligini aniqlash va gaz-suv tizimidagi nisbiy fazaning oʼtkazuvchanligini hisoblash.
- Neft-suv yoki gaz-suv tizimida faza oʼtkazuvchanligini aniqlash
- Burgʼilash loyqasi kirishi sababli togʼ jinslarining filtrlash hususiyatlariga taʼsirini baholash
Natija:
- Petrofizik bog'liqliklarni qurish
- Chegaraviy qiymatlarni asoslash
- Petrofizika tadqiqotlari natijalariga asoslangan xulosalar