Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

“O‘zbekgeofizika” AJ O‘zbekiston Respublikasida neft va gazga istiqbolli strukturalarni izlash va tadqiq etish hamda  majmuaviy dala geofizik tadqiqot (ikki o'lchamli (2D) va uch o'lchamli (3D) seysmik qidiruv, tik seysmik profillash (TSP), elektr qidiruv) xizmatlarni yetkazib beruvchi yagona tashkilotdir.

“O‘zbekgeofizika” AJ O‘zbekiston Respublikasida neft va gazga istiqbolli strukturalarni izlash va tadqiq etish hamda  majmuaviy dala geofizik tadqiqot (ikki o'lchamli (2D) va uch o'lchamli (3D) seysmik qidiruv, tik seysmik profillash (TSP), elektr qidiruv) xizmatlarni yetkazib beruvchi yagona tashkilotdir.

“O‘zbekgeofizika” AJ mintaqaviy, izlov, batafsil-izlov va izlov-qidiruv seysmik qidiruv; neft va gazga istiqbolli ob’ektlarni izlov burg‘ilashga tayyorlash ishlarni bajaradi.

“O‘zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyati dala geofizik xizmati mahsulotlari quyidagilardan iborat:

  •  dala ishlab-chiqarish geofizik tadqiqotlari va tematik ishlarning natijalari, geologik hisobotlar ҳамда tavsiyalar ko'rinishida;
  •  dala geofizika ma’lumotlariga ishlov berish va talqin etish natijalari asosida xulosa va tavsiyalar berish;
  •  neft va gazga istiqbolli ob’yektlarini va tegishli hujjatlarni (pasport) tayyorlash va izlov burg‘ilash ishlari uchun topshirish hamda burg‘ilanayotgan istiqbolli   maydonlarni monitoring qilish;
  •  dalaning dastlabki va yakuniy geofizik ma’lumotlari, vaqt kesimlari, SEG D va SEG Y elektron formatdagi seysmik kublar, strukturaviy va boshqa xaritalar;
  •  O‘zbekiston Respublikasida uglevodorod zaxiralarini o‘sishini ta’minlash bo‘yicha geofizik ishlarni uzoq muddatli va operativ rejalashtirish;
  •  geologik va geofizik fondni tizimli ravishda to‘ldirish, ulardan belgilangan tartibda foydalanishni ta’minlash;
  •  geofizik ishlarning loyiha-smeta hujjatlarini va boshqa me’yoriy-texnik-metodik hujjatlarni tayyorlash, ilmiy-texnikaviy axborot bilan ta’minlash;
  •  o'tgan yillardagi dala geofizik ma'lumotlarini qayta ishlash va qayta talqin qilish natijalari.

“O‘zbekgeofizika” AJ “INOVA” (AQSh), “SERCEL” (Fransiya), “Seysmik asboblar maxsus konstruktorlik byurosi” (MKB, Rossiya) kabi jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilarining zamonaviy yuqori texnologiyali ko‘p kanalli seysmik majmualari, dala ma'lumotlarini qayta ishlash va talqin qilish uchun eng yangi apparat-dasturiy kompleks "PARADIGM" (Niderlandiya) bilan jihozlangan

 “O‘zbekgeofizika” AJ jamoasiga qo‘yilgan vazifalarni hal etishga qodir yuqori malakali mutaxassislar jalb etilgan.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech