Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

"O‘zbekgeofizika" aksiyadorlik jamiyatida ishlovchi mutaxassislar va rahbar xodimlarning kasbiy bilim va koʻnikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirish, kadrlarning raqobatbardoshlik sifatlari hamda bilim va koʻnikmalarining zamon talablariga javob bera oladigan darajada boʻlishini taʼminlaydi. Bundan maqsad har bir xodimning oʻz mutaxassisligi boʻyicha soʻnggi soha yutuqlari, yangiliklari bilan tanishishi, ularni oʻzlashtirishi, yangi amaliy ish usullari, ilgor ish tajribalarini oʻrganib Jamiyatning rivojlanishiga alohida e’tibor qaratadi.

Jamiyatda faoliyat olib boruvchi muhandis-texnik xodimlari va asosiy ishlab chiqarish ishchilarini respublika ta’lim muassasalarida va xorijiy o‘quv markazlarida tayyorlash va malakasini oshirish, stajirovka o‘tash, treninglarda ishtirok etish, respublika va xorijiy tadbirlarda seminar va konferensiyalarda ishtirok etishlarini tashkil etib kelinmoqda. Shu jumladan,“O‘zbekgeofizika" AJ tomonidan 2022 yilda tashkil etiladigan o‘quv kurslarining rеja-jadvaliga asosan yil oxirigacha jami 25 ta yo’nalish bo’yicha 678 nafar xodimning malaka oshirishi tasdiqlangan. Shuningdek, ushbu tashkilotlar bilan 2022-2023 yillarda kadrlar malakasini oshirish, mehnat unumdorligini ko'tarish maqsadida o‘zaro hamkorlikni yo’lga qo’yilgan.

Malaka oshirish yo’nalishlari

Xodimlar soni

1

"O‘zbekgeofizika" AJ o‘quv markazi

400 nafar mutaxassis

2

Malaka oshirish instituti

243 nafar mutaxassis

3

Boshqa yo‘nalishlar

35 nafar mutaxassis

 

"O‘zbekgeofizika" AJ bo‘yicha JAMI:

678 nafar mutaxassis



Malaka oshirish bo’yicha horijiy hamkor tashkilotlari

Xodimlar soni

1

“TNG-group” MCHJ (RF)

10 nafar mutaxassis

2

“TNG-algis” MCHJ (RF)

4 nafar mutaxassis

3

INOVA (AQSH)

12 nafar mutaxassis

4

“Paradigm” (Niderlandiya)

12 nafar mutaxassis

5

Xalqaro standartlar bo‘yicha zaxiralarni hisoblash bo‘yicha

3 nafar mutaxassis

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech