Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

Yakkabog' geofizika ekspeditsiyasi

Filial nomi: “Yakkabog’ geofizika ekspeditsiyasi”

1958-yilda Janubiy va G’arbiy O’zbekiston hududlarida yangi neft va gazga istiqbolli bo’lgan maydonlarni aniqlash maqsadida neft va gaz yo’nalishi bo’yicha alohida geofizika ekspedisiyasi Jizzax shahrida tashkil etildi. 1959 yilda Yakkabog’ geofizika ekspedisiyasi ish faoliyati bajarilayotgan maydonlarga yaqinroq joylashish maqsadida Jizzax shahridan Yakkabog’ tumanidagi Eski Yakkabog’ qo’rg’oniga ko’chib o’tdi.

Joylashgan yeri: Qashqadaryo viloyati, Yakkabog’ tumani, Guliston mahallasi, Geofizika ko’chasi, 156.

Ishchilar soni: 1084 nafar xodim.

Yo'nalishi: Buxoro-Xiva, Janubiy-G’arbiy Hisor, Surxondaryo va Ustyurt regionlarida neft va gaz tutqichlarini aniqlash va ularni chuqur burg’ulash ishlariga tayyorlash bo’yicha seysmoqidiruv ishlarini olib borish hamda tayyorlanayotgan strukturalarning sifat va samaradorligini yanada oshirishdan iborat.

Ish olib boradigan hududi: O’zbekiston Respublikasining Buxoro-Xiva, Janubiy-G’arbiy Hisor, Surxondaryo va Ustyurt regionlari neft va gazga istiqbolli bo’lgan maydonlari.

Filial direktori: Azimov Farrux Shuxratovich.

Telefon raqami: 0-375-583-12-17

E-mail: yagefiliali@mail.ru

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech