Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

Manfaatdor tashkilotlar diqqatiga!

09.07.2026
17

Tovar ish xizmatlarning nomlari

Miqdori

1

Ko'chmas mulk ob'ektlarining bozor qiymatida baholash bo'yicha xizmat ko'rsatish

Texnik topshiriqqa muvofiq

 

Tijorat takliflarini O‘zbekgeofizika AJ Boshqaruv raisi Yusupjonov R.A nomiga quyidagi elektron pochta manziliga yuborishingizni so‘raymiz.  kancelyariya@uzbekgeofizika.uz va  uzgeoinfo@mail.ru

 

Qo‘shimcha malumot uchun tel: 88 247 22 20. Tijorat takliflarini qabul qilish muddati e’lon berilgan sanadan boshlab 7 kun.

 

Ko‘chmas mulk obyektlarining bozor qiymatida baholash
bo‘yicha
xizmatlarini ko‘rsatish togrisida

TEXNIK TOPSHIRIQ

 

  1. Umumiy ma’lumotlar va huquqiy asoslar

1.1. Buyurtmachi: “O‘zbekgeofizika” AJ.

1.2. Asos: Jamiyatning O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq mulk qiymatining bozor bahosini aniqlash.

1.3. Normativ-huquqiy baza: Baholash jarayoni O‘zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Yagona milliy baholash standartlari (YAMBS) hamda sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshirilishi shart.

 

  1. Baholash obyektlari

2.1. Ilovaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining har xil hududlarida joylashgan 12 ta obyektlar buyurtmachi tomonidan taqdim etiladi.

 

III. Baholash metodologiyasi va vazifalari

3.1.Baholash maqsadi: obyektning joriy bozor qiymatini aniqlash. Aniqlangan qiymat elektron auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun boshlang‘ich narx bo‘lib xizmat qiladi.

3.2.Qo‘llaniladigan yondashuvlar: YAMBSga muvofiq Xarajat (Cost Approach), Daromad (Income Approach) va Qiyosiy (Market/Comparable Approach) yondashuvlaridan foydalanish majburiydir. Agar obyektning o‘ziga xosligi (masalan, maxsus maqsadliligi) sababli u yoki bu yondashuvni qo‘llash imkoni bo‘lmasa, Baholovchi buni hisobot matnida iqtisodiy va texnik jihatdan asoslab berishi shart.

3.3. Eskirishni hisoblash: Binoning jismoniy, funksional va tashqi (iqtisodiy) eskirish darajasi joyiga chiqqan holda vizual va instrumental tekshiruvlar asosida aniq hisoblanishi lozim.

 

  1. Baholovchi tashkilotga qoyiladigan malaka talablari

4.1. Baholash faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi amaldagi litsenziya guvohnomaning mavjudligi.

4.2. Tarkibida ko‘chmas mulkni baholash bo‘yicha kamida 3 yillik tajribaga ega bo‘lgan professional sertifikatlangan baholovchilarning mavjudligi.

4.3. Baholovchi tashkilotning fuqarolik javobgarligi sug‘urta polisi (sug‘urta summasi shartnoma qiymatidan kam bo‘lmasligi lozim).

4.4. Sanoat va yirik ishlab chiqarish obyektlarini, ayniqsa maxsus obyektlarni baholash bo‘yicha ilgari bajarilgan ishlar tajribasi (portfolioga ega bo‘lish).

 

  1. Baholash hisobotiga qoyilgan talablar

5.1. Rasmiylashtirish: Baholash hisoboti o‘zbek va rus tillarida, qat’iy tartibda muhrlangan, iplangan va raqamlangan holatda 2 nusxada (qog‘ozda) hamda to‘liq

elektron shaklda (PDF) Buyurtmachiga taqdim etiladi.

5.2. Ilovalar, hisobot tarkibiga quyidagilar majburiy tartibda ilova qilinadi:

- obyektning tashqi, ichki va atrofdagi infratuzilmasini aks ettiruvchi rangli fotosuratlar;

- kadastr hujjatlari va er maydoni chizmalari nusxalari;

- baholovchi tashkilotning litsenziyasi va mutaxassislarning sertifikatlari nusxalari;

- qo‘llanilgan barcha bozor ma’lumotlari (analoglar) manbalariga havolalar.

 

  1. Ishni bajarish muddati

6.1 Muddati: Baholovchi barcha zaruriy kadastr va buxgalteriya hujjatlarini qabul qilib olgan hamda obyekt ko‘zdan kechirilgan kundan boshlab (fakt bo‘yicha kelishiladi) 10 ish kuni ichida hisobot loyihasini taqdim etishi shart.

Ko‘chmas mulk obyektlarining bozor qiymatida baholash bo‘yicha xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi texnik tipshirig‘iga ilova
"O‘zbekgeofizika" AJ tasarrufidagi bozor bahosida baholanadigan obyektlar                                   RO‘YXATI 
         
T/r Obyekt nomi Manzili Umumiy yer maydoni
(ga)
Bino-inshootning egallagan maydoni (kv.m)
  I. Kadastr hujjatlari bilan ajratilgan     
1 Dori ombori (Portlovchi moddalar saqlash ombori) Qashqadaryo viloyati, Yakkabog' tumani, "Qishliq" MFY, Eski daha ko'chasi, 192 uy. 4,0125 1322,16
2 Mehmonxona binosi (Ishchilar yotoqxonasi) Qashqadaryo viloyati, Yakkabog' tumani, "Guliston" MFY, Erkinlik ko'chasi, 45-uy. 0,1188 319,86
3 Ishchilar yotoqxonasi bino va inshootlari  Farg'ona viloyati, Qo'qon shaxri, Мuqimiy, "Rayxon" МFY, Моvarounnahr tor ko'chasi, 3/28-uy.  0,1 560
4 Bino inshoot (Ishchilar yotoqxona binosi) Buxoro viloyati, Кogon tumani,  "Geofizika" MFY, Geolog ko'chasi, 15-uy. 0,319 657
5 Аvtoturargoh (savdo rastasi) Buxoro viloyati, Кogon tumani,  "Geofizika" MFY, Geolog ko'chasi, 15-uy. 0,019 75,9
6 Omborxona va qo'shimcha bino inshootlar (Jarqurg'on geofizika partiyasi binosi) Surxandaryo viloyati, Jarqurg'on tumani, "Yangiobod" MFY, Xavdaq ko'chasi, 155-uy. 0,367 1076,17
7 Sport maydonsha (Еr uchastkasi)  Qoraqalpog'iston Respublikasi, Nukus, "Aq jag'is" MFY, Geofizik ko'chasi, 7-uy. 0,16 0
8 Noturar yer uchastkasi (Bog') Toshkent viloyati, Qibray tumani, “Birlik” MFY, Qoramurd ko'chasi, 185а-uy. 1,26 0
  II. Kadastr hujjatlari bo'yicha boshqa bino-inshootlarning qismlari     
1 Portlovchi  moddalar saqlash ombori hamda ishlab chiqarish bino va inshootlari (qismi)  Farg'ona viloyati, O'zbekiston tumani, "Do'stlik" МFY,  2-Do'stlik ko'chasi, 552-uy. 7,7815 2301,56
2 Ma'muriy baza binolari  (Ishchilar yotoqxonasi (qismi))  Buxoro viloyati, Buxoro shahri, "Sadriddin Ayniy" MFY, Sanoatchilar ko'chasi, 15-uy. 0,032956 329,56
3 Ma'muriy va yordamchi binolari (Koson kon geofizika partiyasi bazasi (qismi)) Qashqadaryo viloyati, Koson tumani, "Lolazor" MFY, Geolog ko'chasi, 73-uy.  0,7715 372,69
4   "Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi" ma'muriy, omborxona binolari ((Bo'sh yer maydon) ishlab chiqarish bazasining qismi) Qoraqalpog'iston Respublikasi, Nukus, Aq jag'is MFY, Ulli jipek joli ko'chasi, 9-uy. 0,12 0

 

 

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech