Manfaatdor tashkilotlar diqqatiga!
|
№ |
Tovar ish xizmatlarning nomlari |
Miqdori |
|
1 |
Loyixa-smeta hujjatlarini zamonaviy dizayn ko'rinishi bilan birga tayyorlash xizmati |
Texnik topshiriqqa muvofiq |
Tijorat takliflarini O‘zbekgeofizika AJ Boshqaruv raisi Yusupjonov R.A nomiga quyidagi elektron pochta manziliga yuborishingizni so‘raymiz. kancelyariya@uzbekgeofizika.uz va uzgeoinfo@mail.ru
Qo‘shimcha malumot uchun tel: 88 247 22 20. Tijorat takliflarini qabul qilish muddati e’lon berilgan sanadan boshlab 7 kun.
“O‘zbekgeofizika” AJ ma’muriy binosini ichki qismini mukammal ta’mirlash
loyiha-smeta hujjatlarini zamonaviy dizayn koʻrinishini
bilan birga tayyorlash xizmatilari bo‘yicha
TEXNIK TOPSHIRIQ
- Umumiy ma’lumot
1.1. Loyiha-smeta hujjatlarini zamonaviy dizayn koʻrinishini bilan birga tayyorlash xizmati.
1.2. Buyurtmachi: “Oʻzbekgeofizika”AJ
1.3. Asos: “Oʻzbekgeofizika” AJning talabnomasi.
1.4. Obyekt nomi: “O‘zbekgeofizika” AJ ma’muriy binosining ichki xonalarini zamonaviy uslubda interyer dizaynini ishlab chiqish.
1.5. Joylashgan manzil: Toshkent shahar, M.Ulug‘bek tumani, Geofizika MFY, Milliy bog‘ ko‘chasi, 5-uy.
1.6. Xarid maqsadi: mukammal (kapital) taʼmirlash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda binoning ichki xonalarini zamonaviy, estetik, funksional va qulay ish muhitini yaratish tamoyillari asosida zamonaviy dizaynini tayyyorlash.
- Ishning maqsadi
2.1. Maʼmuriy binoni zamonaviy meʼmoriy va dizayn talablariga mos ravishda kapital taʼmirlash uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, binoning funksionalligi, energiya samaradorligi, qulayligi va estetik ko‘rinishini yaxshilash.
- Loyiha doirasidagi ishlar
3.1. Loyihachi quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
obyektni joyida texnik ko‘zdan kechirish;
mavjud bino holatini o‘rganish va zarur o‘lchov ishlarini bajarish;
mavjud konstruksiyalarni baholash;
zamonaviy dizayn konsepsiyasini ishlab chiqish;
meʼmoriy, konstruktiv va muhandislik yechimlarini ishlab chiqish;
loyiha-smeta hujjatlarini amaldagi normativ hujjatlar asosida tayyorlash;
smeta hujjatlarini amaldagi narxlar va meʼyorlar asosida ishlab chiqish;
ekspertiza uchun zarur hujjatlarni tayyorlash.
- Kapital taʼmirlash tarkibi
4.1. Loyihada quyidagi ishlar nazarda tutiladi:
Ichki qism
qabulxona (resepsion)ni zamonaviy uslubda loyihalash;
rahbariyat xonalari;
ish kabinetlari;
majlislar zali;
muzokaralar xonalari;
koridorlar;
kutish zonalari;
sanitariya xonalari;
Liftlar;
zinapoyalar;
pol, devor va shiftlarni zamonaviy pardozlash.
- Muhandislik tizimlari
5.1. Loyihada quyidagi muhandislik tizimlari ko‘zda tutiladi:
elektr taʼminoti;
ichki va tashqi yoritish;
internet va lokal tarmoq;
telefon va aloqa tizimlari;
videokuzatuv tizimi;
kirishni nazorat qilish tizimi;
yong‘in signalizatsiyasi;
ovozli ogohlantirish tizimi;
isitish tizimi;
shamollatish va konditsioner tizimi;
ichimlik va oqova suv tizimlari.
- Dizayn talablari
6.1. Loyiha quyidagi tamoyillar asosida ishlab chiqiladi:
zamonaviy korporativ uslub;
funksional va ergonomik rejalashtirish;
ochiq va yorug‘ interyer;
yuqori sifatli va uzoq xizmat qiluvchi materiallardan foydalanish;
energiya tejamkor yechimlar;
nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay muhit yaratish;
ekologik xavfsiz materiallardan foydalanish;
“Oʻzbekgeofizika” AJ korporativ ranglari va brend elementlarini interyer hamda eksteryerda uyg‘un qo‘llash.
- Dizayn vizualizatsiyasi
7.1. Loyihachi quyidagilarni taqdim etadi:
kamida 3 ta dizayn konsepsiyasi;
bino fasadining 3D vizualizatsiyasi;
resepsion hududining 3D vizualizatsiyasi;
ish kabinetlari interyerining 3D vizualizatsiyasi;
majlislar zalining 3D vizualizatsiyasi;
koridor va umumiy foydalanish joylarining 3D vizualizatsiyasi;
tungi yoritish ko‘rinishlari.
- Loyiha hujjatlari tarkibi
8.1. Ijrochi quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
bosh reja (zaruratga ko‘ra);
meʼmoriy yechimlar;
konstruktiv yechimlar;
elektr loyihasi;
isitish, shamollatish va konditsioner loyihasi;
suv taʼminoti va kanalizatsiya loyihasi;
aloqa va zaif tok tizimlari loyihasi;
yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yechimlar;
smeta hujjatlari;
materiallar spesifikatsiyasi;
ishchi chizmalar;
3D vizualizatsiyalar;
elektron va qog‘oz shakldagi loyiha hujjatlari.
- Normativ hujjatlar
9.1. Loyiha O‘zbekiston Respublikasining amaldagi:
shaharsozlik normalari va qoidalari;
qurilish meʼyorlari;
yong‘in xavfsizligi talablari;
sanitariya meʼyorlari;
mehnatni muhofaza qilish talablari;
energiya samaradorligi bo‘yicha normativ hujjatlar talablariga muvofiq ishlab chiqiladi.
- Taqdim etiladigan hujjatlar
10.1. Loyihachi quyidagilarni topshiradi:
loyiha-smeta hujjatlari – qog‘oz shaklida 3 nusxa;
elektron shaklda (PDF, DWG, XLSX va boshqa tahrirlanadigan formatlarda);
barcha 3D vizualizatsiyalar;
smeta hisob-kitoblari;
materiallar va uskunalar spesifikatsiyasi.
- Ishlarni bajarish muddati
11.1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish muddati shartnoma tuzilgan kundan boshlab 30 kalendar kuni ichida yakunlanadi.
- Yakuniy natija
12.1. Natijada buyurtmachi davlat ekspertizasidan o‘tkazilgan tayyor, amaldagi meʼyoriy hujjatlarga mos, zamonaviy dizayn yechimlari bilan ishlab chiqilgan to‘liq loyiha-smeta hujjatlarini qabul qiladi. Loyiha binoning estetik ko‘rinishini yaxshilash, muhandislik tizimlarini modernizatsiya qilish, energiya samaradorligini oshirish hamda xodimlar va tashrif buyuruvchilar uchun qulay va xavfsiz ish muhitini yaratishni taʼminlashi lozim.



