Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

Manfaatdor tashkilotlardan diqqatiga!

09.04.2024
148

Tovar ish xizmatlarning nomlari

Miqdori

1

"O'zbekgeofizika" tizimidagi xavfli ishlab chiqarish ob'ektlarida sanoat xavfsizligi ekspertizasini o'tkazish va xavfli ishlab chiqarish ob'ektlarini davlat reestriga kiritish uchun

Texnik topshiriqqa muvofiq

 

  1. Umumiy ma’lumotlar

1.1. Buyurtmachi – “O‘zbekgeofizika” AJ

1.2. Ushbu texnik topshiriqni (keyingi o‘rinlarda TT deb yuritiladi) ishlab chiquvchisi “O‘zbekgeofizika” AJ hisoblanadi.

1.3. Ishlarni moliyalashtirish manbasi “O‘zbekgeofizika” AJning o‘z mablag‘lari hisobidan.

1.4. Ish turi: “O‘zbekgeofizika” AJ tizimidagi “Amirobod KGE”, “Buxoro GE” va “Farg‘ona GE”filiallaridagi mavjud xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari (O‘zbekiston RespublikasiXavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risidagi Qonunning 4-moddasi) da sanoat xavfsizligi ekspertizasini o‘tkazish (O‘zbekiston RespublikasiXavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risidagi Qonunning 15-moddasi) va davlat reestriga kiritilishini ta’minlash.

1.5. Sanoat xavfsizligi ekspertizasidan o‘tkaziladigan ob’ektlar soni: “Amirobod KGE” filialining avtoyoqilg‘i quyish shaxobchasi, Radiatsion moddalar saqlash ombori, statsionar asosga o‘rnatilgan yuk ko‘tarish mexanizmlari, “Buxoro GE filialining avtoyoqilg‘i quyish shaxobchasi, portlovchi moddalarni saqlash ko‘chma omborlari, statsionar asosga o‘rnatilgan yuk ko‘tarish mexanizmlari, “Farg‘ona GE” filialining avtoyoqilg‘i quyish shaxobchasi, radiatsion va portlovchi moddalar saqlash ombori, statsionar asosga o‘rnatilgan yuk ko‘tarish mexanizmlari.

1.6. Ishni (xizmatlarni) boshlash uchun rejalashtirilgan sanalar: 2024 yil aprel-may oylari, ushbu TT asosida shartnoma imzolangan paytdan boshlab.

1.7. Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini sanoat xavfsizligi ekspertizasidan o‘tkazish va davlat reestriga kiritish bo‘yicha ishlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, me’yoriy-texnik hujjatlar va xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligiga oid hujjatlar talablariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri “O‘zbekgeofizika” AJ filiallariga tashrif buyurish orqali amalga oshiriladi.

Ish ob’ekti.

      O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro shahri manzilida joylashgan “Amirobod KGE” filiali;

      O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Kogon shahri manzilida joylashgan “Buxoro GE” filiali;

      O‘zbekiston Respublikasi, Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri manzilida joylashgan “Farg‘ona GE” filiali;

     

  1. Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini sanoat xavfsizligi ekspertizasidan o‘tkazish uchun asos:

 

2.1 O‘zbekiston Respublikasining 2006 yil 28 sentabrdagi “Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘RQ 57-son Qonuni;

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 10 dekabrdagi “Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida”gi 271-sonli Qarori
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 maydagi 291-son  qarori “Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”
  • O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2009 yil 9 sentabrdagi 172-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009 yil 8 oktabrda 113-son bilan ro‘yhatga olingan “Sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshirish qoidalari”
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011 yil 06 yanvardagi 2-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-1-son bilan ro‘yhatga olinganSanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”.
  1. Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini sanoat xavfsizligi ekspertizasidan o‘tkazishdan maqsad:

- xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida sanoat xavfsizligini tashkil etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish;

- xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida foydalanilayotgan uskuna va jihozlar xavfsizligini ta’minlash;

- xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida sodir bo‘lish ehtimoli mavjud bo‘lgan avariyalar va noxush hodisalarning oldini olish;

- xavfli ishlab chiqarish ob’ektining unga qo‘yiladigan sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholash;

 - xavfli ishlab chiqarish ob’ektining sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risida asosli xulosalarga ega bo‘lish;

- xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini davlat ro‘yhatidan o‘tkazish va davlat reestriga kiritish;

- qonuniy talablar ijrosini ta’minlash;

- O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.

  1. Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini sanoat xavfsizligi ekspertizasidan o‘tkazilishiga qo‘yiladigan asosiy talablar.

4.1 Ishlar O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2009 yil 9 sentabrdagi 172-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009 yil 8 oktabrda 113-son bilan ro‘yhatga olingan “Sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshirish qoidalari”ga  muvofiq amalga oshirilishi kerak (Mazkur qoidalarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011 yil 06 yanvardagi 2-sonli buyrug‘i asosida o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-1-son bilan ro‘yhatga olingan).

4.2. Ishlarni bajarish paytida yong‘in xavfsizligi, xavfsizlik choralari, mehnatni muhofaza qilish va sanitariya-gigiena rejimi uchun javobgarlikPudratchiga yuklanadi.

  • Pudratchining xodimlariBuyurtmachihududida amal qiluvchi ichki mehnat qoidalari va boshqa qoidalarga rioya qilishlari shart.

 

  1. Ijrochiga qo‘yiladigan talablar.

5.1         Ekspertiza qatnashchilari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga, sanoat xavfsizligi sohasidagi normativ texnik hujjatlarga, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 10 dekabrdagi “Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida”gi 271-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga amal qiladilar.

5.2Pudratchi” O‘zbekiston RespublikasiSanoatkontexnazoratDavlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2009 yil 9 sentabrdagi 172-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009 yil 8 oktabrda 113-son bilan ro‘yhatga olinganSanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshirish qoidalariga asosan mavjud xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini sanoat xavfsizligi ekspertizasini o‘tkazish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish talablariga javob berishi kerak.

5.3 “Pudratchi” O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq litsenziya va boshqa ruxsatnomalarga ega, belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan bo‘lishi shart.

5.3 “Pudratchi”ning xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshirish sohasidagi ishlarni bajarish tajribasi kamida 3 (uch) yil bo‘lishi kerak.

5.4 “Pudratchi” tashkilot shartnoma tuzish vaqtida amalda bo‘lgan diplomlar, sertifikatlar hamda yetarli malaka va tajribaga ega bo‘lgan ekspert - mutaxassislarga ega bo‘lishi shart.

 

  1. Ish shartlari.

6.1 Pudratchi quyidagilarni amalga oshiradi:

- xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini identifikatsiyalash varag‘ini “Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini identifikatsiyalash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom asosida tuzish;

- xavfli ishlab chiqarish ob’ektini baholash;

- xavfli ishlab chiqarish ob’ektini baholash natijalari bo‘yicha ekspertiza xulosasini rasmiylashtirish;

- zarur hollarda ekspertizani amalga oshirish jarayonida qonun hujjatlari hamda normativ texnik hujjatlarda ko‘rsatilgan uslublar va dasturlar asosida tegishli sinovlarni o‘tkazish;

- sanoat xavfsizligi ekspertizasi amalga oshirilgan xavfli ishlab chiqarish ob’ektlariga ekspertiza xulosasini rasmiylashtirish;

- sanoat xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ekspertiza xulosasini tasdiqlashga taqdim etishi va davlat reestriga kiritilishini ta’minlashi;

- ekspertizani amalga oshirish davomida olingan har qanday ma’lumot va axborotni maxfiyligini ta’minlashi;

-“Pudratchi”ning xodimlarini sanoat xavfsizligi ekspertizasi o‘tkaziladigan xavfli ishlab chiqarish ob’ektlariga kelishi va ketishi uchun javobgarlik “Pudratchi” tashkilot zimmasiga yuklanadi.

6.2 “Buyurtmachi” quyidagilarni ta’minlaydi:

- ekspertizani amalga oshirish uchun o‘rnatilgan shakldagi arizani ekspert tashkilotiga taqdim etishi;

- arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qilishi: buyurtmachi va ekspertiza ob’ekti haqida ma’lumot; loyiha, konstruktorlik, foydalanish, ta’mirlashga oid hujjatlar, texnik qurilmalar hamda bino va inshootlarning pasportlari, xavfli ishlab chiqarish ob’ektida avariyaning kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va uning oqibatlarini tugatish rejalari, yo‘riqnomalar, texnologik reglamentlar, ekspertiza va xavfli ishlab chiqarish ob’ektini identifikatsiya qilish uchun kerak bo‘lgan boshqa hujjatlar, sinov dalolatnomalari (bayonnomalari), diagnostika (tekshiruvlar) natijalari va boshqalarni taqdim etishi;

- hujjatlarda xatoliklar aniqlanadigan bo‘lsa, ekspert tashkiloti xabarnomasida ko‘rsatilgan kamchilik va xatoliklarni belgilangan muddatda bartaraf etishi.

6.3 Ko‘rsatilayotgan xizmatlarga qo‘yiladigan talablar:

- har bir o‘tkazilgan ekspertiza natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ekspertiza bayonnomasini tuzish;

- ekspertiza natijalarini hisobga olish va ishda foydalanish uchun “O‘zbekgeofizika” AJga taqdim etish.

6.4 “Pudratchi” quyidagilar uchun javobgardir:

- qonun hujjatlari va me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshirish;

- ekspertiza natijalari xulosasini vakolatli davlat organida tasdiqlanishi va xavfli ishlab chiqarish ob’ektini davlat reestriga kiritilishini ta’minlash;

 

  1. Sanoat xavfsizligi ekspertizasi muddatiga qo‘yiladigan talablar.

 

Ekspertizani amalga oshirish muddatini sanoat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlari va normativ texnik hujjatlarga muvofiq zarur bo‘lgan materiallar va hujjatlar turkumi olingan hamda ekspertizani amalga oshirish bo‘yicha boshqa barcha shartlar bajarilgan vaqtdan boshlab, uch oydan oshmasligini ta’minlash.

Tijorat takliflarini O‘zbekgeofizika AJ Boshqaruv raisi Yusupjonov R.A nomiga quyidagi elektron pochta manziliga yuborishingizni so‘raymiz.  kancelyariya@uzbekgeofizika.uz, va taminot@uzbekgeofizika.uz.

 

Qo‘shimcha malumot uchun tel: 97 449 02 52. Tijorat takliflarini qabul qilish muddati e’lon berilgan sanadan boshlab 7 kun.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech