“O’zbekgeofizika” AJ da Oila va xotin qizlar qo’mitasi mutaxassisi ishtirokida “Biz zo’ravonlikka qarshimiz”, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Gender tushunchasi faqat ayollar manfaatlarini ifodalamaydi. Har ikki jins vakillarining o‘z orzu va maqsadlari sari dadil odimlashi, hayot sifatini oshirish uchun bir xil imkon berish kerakligini ilgari suradi. Aynan rivojlangan jamiyatning talablaridan biri bu erkak va ayol huquqlari tengligining ta’minlanishidadir. Bu esa o‘z navbatida har bir mamlakatda siyosiy va iqtisodiy o‘sishga erishishda katta yordam berishi mutaxassislar tomonidan ta’kidlab o‘tildi. Tadbir yakunida savol va takliflar eshtildi va mutaxassis tomonidan tushunchalar berildi.