2024 yilning 22-25 oktabr kunlari “CERT International” halqaro auditorlik kompaniyasini jalb qilgan holda ISO 37001:2016 halqaro standarti talablari asosida maxsus o‘qitish kursida “O‘zbekgeofizika” AJ filiallarining 24 nafar xodimi maxsus o‘quv kursida o‘qitildi.

“O‘zbekgeofizika” AJning 2024 yilda “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar Dasturi” 13.1. bandi ijrosini ta’minlash, Jamiyatda korrupsiyaviy xavf-xatarlarga ko‘p moyil bo‘lgan lavozimlarda faoliyat olib borayotgan xodimlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularni huquqiy ongini oshirish, korrupsiya elementlari va kelib chiqish sabablari hamda uning oldini olishni o‘rgatish maqsadida, 2024 yilning 22-25 oktabr kunlari “CERT International” halqaro auditorlik kompaniyasini jalb qilgan holda ISO 37001:2016 halqaro standarti talablari asosida maxsus o‘qitish kursida «Buxoro GE» hamda “Amirobod KGE” filiallarining 24 nafar xodimi maxsus o‘quv kursida o‘qitildi.