Amudaryo №07/2020-2023 loyihasi bo‘yicha 2565 pog.km ish hajmi bajarildi

"Buxoro geofizika ekspeditsiyasi" filiali 4-dala partiyasi tomonidan yangi neft va gazga istiqbolli tuzilmalarni qidirib topish maqsadida Amudaryo №07/2020-2023 loyihasi bo‘yicha 2565 pog.km ish hajmi bajarildi.
Ushbu loyiha asosida Tandirli, Sadirkazgan, Miroydin, Yorqin, Sarimoy, To‘maris, Tuproqqala va Billur strukturalari aniqlandi va chuqur izlov burg‘ilashga topshirildi.
Ayni damda dala partiyasi tomonidan seysmik qidiruvning UCHN-2D mukammal izlov usulida yangi strukturalarni aniqlash maqsadida Gurlan №05/2022-2025 loyihasi bo‘yicha dala ishlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 1-choragi davomida geologik rejaga asosan 240 pog km ishlar 100% hajmda bajarildi.