"Qon topshir - hayot in'om et" shiori ostida donorlik xayriya aksiyasi tashkil etildi

Joriy yilning 8-fevral kuni "O'zbekgeofizika" AJ ning "Yakkabog' geofizika ekspeditsiyasi" filiali tuman Tibbiyot birlashmasi hamkorligida "Qon topshir - hayot in'om et" shiori ostida donorlik xayriya aksiyasini tashkil etdilar.
Ezgu maqsadni ko‘zlab boshlangan donorlik aksiyasi og‘ir bemorlarning darddan xalos bo‘lishiga yordam beradi.
Aksiya doirasida qon topshirish uchun murojaat qilgan filial hodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, malakali shifokorlar nazoratida bo'ldilar.