“O’zbekgeofizika” AJ ishchi-xodimlari o'rtasida onlayn qimor o'yinlari o'ynashning oldini olish, internet tarmoqlaridan foydalanish va ma'lumot almashishdagi yo'l qo'yilayotgan kamchiliklarni kamaytirish, ishchi-xodimlarning plastik kartalaridan pul yechib oluvchi firibgarlar aldoviga tushib qolishlari holatlarini va jinoyatchilik, huquqbuzarlik, oilaviy ajrimlarni kamaytirish bo'yicha tadbir tashkil etildi.

Joriy yilning 24-oktabr kuni “O’zbekgeofizika” AJ ishchi-xodimlari o'rtasida onlayn qimor o'yinlari o'ynashning oldini olish, internet tarmoqlaridan foydalanish va ma'lumot almashishdagi yo'l qo'yilayotgan kamchiliklarni kamaytirish, ishchi-xodimlarning plastik kartalaridan pul yechib oluvchi firibgarlar aldoviga tushib qolishlari holatlarini va jinoyatchilik, huquqbuzarlik, oilaviy ajrimlarni kamaytirish bo'yicha tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida bugungi kunning dolzarb mavzusiga aylanib ulgurgan totalizator o‘yinlar va ularning salbiy oqibatlariga misollar keltirilib, sodir etilayotgan aksar jinoyatlarga shu kabi omillar ham sabab bo‘layotgani takidlandi. Mavzuga oid maxsus videorolik namoyish etildi.