“O‘zbekgeofizika” AJda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha seminar o‘tkazildi
“O‘zbekgeofizika” AJ markaziy apparati va bevosita bo‘ysunuvchi tarkibiy bo‘linmalari xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish, huquqiy ongni oshirish va korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan seminar o‘tkazildi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-1155-son Qonuni hamda PF-259-son Farmonining mazmun-mohiyati va asosiy talablari tushuntirilib, mavzuga oid videoroliklar namoyish etildi.
Shuningdek, “CERT International” xalqaro kompaniyasi tomonidan ISO 37001:2025 standarti bo‘yicha o‘qitilgan 40 nafar xodimga xalqaro sertifikatlar topshirildi.
Tadbir Jamiyatda korrupsiyaga qarshi korporativ madaniyatni mustahkamlash, shaffoflik va halollik tamoyillarini yanada keng joriy etishga qaratildi.



