Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

"Oʻzbekgeofizika" AJ ning "Yakkabogʻ geofizika ekspeditsiyasi" filialida faoliyat olib borayotgan xodimlarga belgilangan dastur asosida "Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati" mavzusida seminar boʻlib oʻtdi.

18.01.2024
368

   Korrupsiya — bu jamiyatni turli yoʻllar bilan iskanjaga oladigan illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik va boshqa hodisalar ildiz otishi uchun sharoit yaratib beradi. 
   "Oʻzbekgeofizika" AJ ning "Yakkabogʻ geofizika ekspeditsiyasi" filialida faoliyat olib borayotgan xodimlarga belgilangan dastur asosida "Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati" mavzusida seminar boʻlib oʻtdi.
  Tadbir jamiyatning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorati boʻlimi mutaxassislari tomonidan filial ma'sullariga "Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va unga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, xodimlarning huquqiy ongini va madaniyatini yuksaltirish" mavzusida tushuncha va tavsiyalar berildi.
     Seminar yakunida oʻtilgan mavzular boʻyicha xodimlar tushunchasini bilish maqsadida test savollari tarqatildi.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech