Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

“O‘zbekgeofizika” AJ “Amirobod KGE” filialining “Buxoro kon-geofizika partiyasi” ishchi xodimlari tomonidan yurtimizning neftgazga istiqbolli maydonlarida quyi yura va paleozoy davriga mansub qatlamlarni o‘rganish maqsadida neft-gaz quduqlarini burg‘ilash ishlari olib borilmoqda.

23.11.2023
522

Yurtimizning neftgazga istiqbolli maydonlarida quyi yura va paleozoy davriga mansub qatlamlarni o‘rganish maqsadida, chuqurligi 4500 metrdan 6500 metrgacha neft-gaz quduqlarini burg‘ilash ishlari olib borilmoqda. “O‘zbekgeofizika” AJ “Amirobod KGE” filialining “Buxoro kon-geofizika partiyasi” ishchi xodimlari tomonidan Ustyurt regionida burg‘ilanayotgan Quyi Sharqiy Berdax maydonining 17-sonli qudug‘ida yuqori texnologik quduq uskunalari yordamida kon-geofizika ishlarining to‘liq majmuasi muvafaqqiyatli bajarildi. Quduqning chuqurligi 4500 metr bo‘lib, quduq tubi harorati 155° S ni tashkil qildi. Olingan geofizik ma’lumotlar geologiya bo‘limida talqin qilinib, natijasi bo‘yicha buyurtmachiga xulosa berildi.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech