Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

“O‘ZBEKGEOFIZIKA KUBOGI – 2025” FUTBOL MUSOBAQASI

22.09.2025
48

Prezidentimizning sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlari hamda “O‘zbekgeofizika” AJning yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan Yoshlar dasturi doirasida joriy yilning 19–20 sentabr kunlari “O‘zbekgeofizika” AJ va filiallari o‘rtasida futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimida “O‘zbekgeofizika” AJ Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari A. Azimboev ishtirok etib, barcha jamoalarga omad tiladi. Sardorlarga o‘yin qoidalari va tartib-intizom bo‘yicha tushuntirish berilgach, qur’a tashlandi va jamoalar ketma-ketligi aniqlandi.

Ikki kun davomida jamoalar tartib-intizomga amal qilgan holda halol va qizg‘in bellashdilar. Ishtirokchilar uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan nonushta va tushlik tashkillashtirildi.

Musobaqa natijalari:
1-o‘rin — Yakkabog‘ GE jamoasi
2-o‘rin — Farg‘ona GE jamoasi
3-o‘rin — Toshkent jamoasi

 Shu bilan birga quyidagi nominatsiyalar ham e’lon qilindi:
 Eng yaxshi o‘yinchi
 Eng yaxshi to‘purar
 Eng yaxshi darvozabon

 Tadbir yakunida g‘olib jamoalarga diplom, kubok va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech