Audit natijalari bo‘yicha Jamiyat Boshqaruv raisi xodimlarga jamiyat va uning tarkibiy bo‘linmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va ularning natijalari haqida

2024-yil 12-14 dekabr kunlari "O'zbekgeofizika" AJning "Buxoro geofizika ekspeditsiyasi" filiali faoliyati ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablari asosida sertifikatlash bo‘yicha tashqi auditdan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Audit natijalari bo‘yicha Jamiyat Boshqaruv raisi xodimlarga jamiyat va uning tarkibiy bo‘linmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va ularning natijalari haqida qisqacha ma'lumot berdi.
ISO 37001:2016 standarti tashkilotlarda poraxo‘rlikka qarshi boshqaruv tizimini joriy etish, amalga oshirish, saqlash va takomillashtirish uchun talablarni belgilaydi.
Ushbu standart tashkilotlarga poraxo‘rlikning oldini olish, aniqlash va unga qarshi choralar ko‘rishda yordam berish uchun mo‘ljallangan.
"Buxoro geofizika ekspeditsiyasi" filialining ushbu sertifikatni qo‘lga kiritishi jamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi sa'y-harakatlari samaradorligini tasdiqlaydi.