Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

“Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi” filialida 2024 yil yakuni boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi

20.12.2024
459

“O’zbekgeofizika” AJ boshqaruvi raisi R.A. Yusupjonov rahbarligida “Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi” filialida 2024 yil yakuni boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yig'ilishda filial direktori G.N. Ulpetov dala geofizika tadqiqotlari, kon-geofizika ishlari, filialning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari, asbob-uskunalarni modernizatsiya qilish va xodimlarning malakasini oshirish bo'yicha amalga oshirilgan ishlarga oid yil hisobotini taqdim etdi. Shuningdek, 2025 yilga mo‘ljallangan rejalar belgilandi.

Tadbir davomida R.A. Yusupjonov joriy yilda bajarilgan ishlarning muhimligi, ishda yuqori sifat standartlariga rioya qilish zarurligini ta'kidladi va filial jamoasini belgilangan maqsadlar doirasida samarali ishlashga undadi.

Tadbir yakunida boshqaruv raisi filialning barcha xodimlarini kirib kelayotgan yangi yil bilan tabriklab, ulkan muvaffaqiyatlar va oilaviy hotirjamlik tiladi.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech