“Yakkabog‘ geofizika ekspeditsiyasi” filialida 2024-yilda bajarilgan ishlar sarhisobi va 2025-yil uchun rejalarni muhokama qilishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

“O‘zbekgeofizika” AJ boshqaruvi raisi R.Yusupjonov boshchiligida “Yakkabog‘ geofizika ekspeditsiyasi” filialida 2024-yilda bajarilgan ishlar sarhisobi va 2025-yil uchun rejalarni muhokama qilishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida filial direktori F. Azimov yil davomida amalga oshirilgan geofizik tadqiqotlar va ularning natijalari bo‘yicha taqdimot qildi. Shu bilan birga, kelgusi yilga belgilangan maqsadlar va vazifalar taqdim etildi.
Tadbir davomida boshqaruv raisi R.Yusupjonov bajarilgan ishlarning ahamiyatini alohida ta’kidlab, ish jarayonida yuqori sifat va samaradorlikni ta’minlash muhimligini qayd etdi. Shuningdek, barcha xodimlarni kirib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy qutlab, ularga ulkan yutuqlar va oilaviy farovonlik tiladi.