Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

“Amirobod kon geofizika ekspeditsiyasi” filialida 2024 yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

24.12.2024
650

“O‘zbekgeofizika” AJ boshqaruv raisining ishlab chiqarish va innovatsiyalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari A.A. Azimboyev rahbarligida “Amirobod kon geofizika ekspeditsiyasi” filialida 2024 yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda filial direktori X. Chariyev tomonidan yil davomida belgilangan rejalarni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar yuzasidan hisobot taqdim etildi. Shuningdek, 2025 yil uchun geofizik tadqiqotlar rejalari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida A. Azimboyev yil davomida amalga oshirilgan ishlarning ahamiyatiga e’tibor qaratib, faoliyatda yuqori sifat standartlariga qat’iy rioya qilish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, filial jamoasini belgilangan maqsadlar yo‘lida yanada samarali faoliyat ko‘rsatishga chaqirdi. U yig‘ilganlarni kirib kelayotgan yangi yil bilan samimiy tabriklab, ularga oilaviy tinchlik, xotirjamlik va yangi marralar tiladi.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech