Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

“Buxoro geofizika ekspeditsiyasi” filialida 2024-yilda bajarilgan ishlar sarhisobi va 2025-yil uchun rejalarni muhokama qilishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

25.12.2024
659

“O‘zbekgeofizika” AJ boshqaruvi raisining ishlab chiqarish va innovatsiyalar bo'yicha birinchi o'rinbosari A. Azimboyev boshchiligida “Buxoro geofizika ekspeditsiyasi” filialida 2024-yilda bajarilgan ishlar sarhisobi va 2025-yil uchun rejalarni muhokama qilishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida filial direktori J. Urozov yil davomida amalga oshirilgan geofizik tadqiqotlar va ularning natijalari bo‘yicha taqdimot qildi. Shu bilan birga, kelgusi yilga belgilangan maqsadlar va vazifalar taqdim etildi.

Tadbir davomida boshqaruv raisining ishlab chiqarish va innovatsiyalar bo'yicha birinchi o'rinbosari A.Azimboyev bajarilgan ishlarning ahamiyatini alohida ta’kidlab, ish jarayonida yuqori sifat va samaradorlikni ta’minlash muhimligini qayd etdi. Shuningdek, barcha xodimlarni kirib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy qutlab, ularga ulkan yutuqlar va oilaviy farovonlik tiladi.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech