Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

“O‘zbekgeofizika” AJning 2024-yilgi ishlab chiqarish faoliyatining natijalari va 2025-yilga mo‘ljallangan dasturning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan yil yakunlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

26.12.2024
672

“O‘zbekgeofizika” AJning 2024-yilgi ishlab chiqarish faoliyatining natijalari va 2025-yilga mo‘ljallangan dasturning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan yil yakunlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda “O‘zbekgeofizika” AJ Boshqaruv raisi, hamda jamiyatning filial direktorlarining yil davomida bajarilgan geologiya-qidiruv ishlari natijalari, texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar, mehnat muhofazasi, xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yoshlar siyosati va boshqa erishilgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha hisobotlari tinglandi.Tadbir davomida “Yakkabog‘ geofizika ekspeditsiyasi” filiali direktoriga korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi bo‘yicha ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablariga muvofiqligi uchun sertifikat topshirildi.

Yig‘ilishda “O‘zbekgeofizika” AJ kuzatuv kengashi raisi N.U. Muxutdinov va Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining neft va gaz geologiyasi bo‘limi boshlig‘i A.Toshqulov “O‘zbekgeofizika” AJ tomonidan 2024-yilda Davlat dasturi va boshqa shartnomaviy geologiya-qidiruv maqsadlari to‘liq bajarilganini ta’kidlab, jamiyat jamoasini kirib kelayotgan yangi 2025-yil bilan tabriklashdi. Ular kelajakda yangi istiqbolli neft va gaz maydonlarini izlab topishda yutuqlar tilab, jamiyat faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech