"O‘zbekgeofizika" AJda ma'lumotlarni seysmik qayta ishlash

"O‘zbekgeofizika" AJning ishlab chiqarish geologik uslubiy partiyasi malakali geofizik xodimlari, “Buxoro Geofizika Ekspeditsiyasi” tarkibidagi Hayot seysmopartiyasi tomonidan Po‘ykent maydonida olib borilgan 2D dala seysmik ishlari natijasida olingan vaqtli kesimlarni "Paradigm" qayta ishlash va ishlov berish majmuasida qayta ishlash jarayonini olib bormoqdalar.