2024 yilning geologik natijalari

“O‘zbekgeofizika” AJ tomonidan tayyorlangan va chuqur burg‘ilashga topshirilgan strukturalardan 2024 yilda uchta yangi kon ochildi:
• Chunagar (terr. yura),
• Quyi Shege,
• Yangi Kultak.
Mazkur yangi kon ochilishi jamiyatimizning ko’p yillik tajribasi va ilg‘or texnologiyalarni qo‘llashi natijasidir.
Yangi ochilgan konlar neft va gaz sohasi rivojida muhim qadam bo‘lib, mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.