Geofizik ishlab chiqarish jarayonlarini to‘liq raqamli davrga olib chiqish

“O‘zbekgeofizika” AJ ishlab chiqarishda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali zamonaviy innovatsion yondashuvlarni amalda tatbiq etmoqda. Endi Respublikamizning istalgan hududidan dala va kon geofizikasi bo‘yicha ma’lumotlarni tezkor yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish jarayonlari to‘liq raqamlashtirilgan.
Ichki boshqaruv jarayonlarida hujjatlar aylanishi va ijro intizomi maxsus dasturiy ta’minot orqali avtomatlashtirilgan, bu esa jarayonlarning aniq va samarali bajarilishini ta’minlamoqda.
Shuningdek, geofizik ma’lumotlarni birlashtirgan yagona elektron baza yaratildi. Ushbu ma’lumotlar raqamli shaklda uzluksiz to‘ldirib borilmoqda.