Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

"O‘zbekgeofizika" AJda korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha seminar o‘tkazildi

12.02.2025
638

2025-yil 11-fevral kuni "O‘zbekgeofizika" AJ markaziy apparati va bevosita tarkibiy bo‘linmalar xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni talablari, shuningdek, “O‘zbekgeofizika” AJda mumkin bo‘lgan qonunbuzarliklar, xususan, odob-axloq qoidalari va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida aloqa kanallari orqali xabar berish tartibi muhokama qilindi.

Shuningdek, seminar davomida kelib tushgan xabarlarni ko‘rib chiqish va xabar bergan shaxslarni rag‘batlantirish tartiblari, korrupsion harakatlar uchun intizomiy hamda jinoiy javobgarlik tamoyillari haqida batafsil tushuntirish berildi.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech