Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

Geofizik tadqiqotlarni rivojlantirishda xalqaro hamkorlik

07.02.2025
583

"O‘zbekgeofizika" AJ va "TNG-AlGIS" MCHJ ("Tatneft" OAJ korxonasi, Totoriston Respublikasi) o‘rtasida kon-geofizika tadqiqotlari (KGT) ma’lumotlarini qayta ishlash va talqin qilish sohasida yosh mutaxassislarning kasbiy darajasini oshirishga qaratilgan hamkorlik doirasida zaxiralarni hisoblashning tajriba-uslubiy partiyasi  bazasida xorijiy ekspertlar rahbarligida malaka oshirish tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi:
1. Ikki tashkilot mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashish.
2. Ochiq va mustahkamlangan o‘zanli quduqlarda KGT natijalari bo‘yicha xulosalarning aniqligi va ishonchliligini oshirish.
3. Tezkor xulosalar berishni optimallashtirish va uglevodorodlar zaxiralarini hisoblashda geofizik ma’lumotlarni tahlil qilishning zamonaviy usullarini joriy etish.

Ushbu loyiha neft-gaz sohasidagi xalqaro hamkorlikning muhimligini, shuningdek, geologiya-qidiruv ishlari samaradorligini oshirish uchun ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga intilishni belgilaydi.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech