Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

"Yangiariq seysmik qidiruv dala partiyasiga xizmat safari: xulosalar va tavsiyalar"

18.02.2025
517

Joriy yilning 13-14-fevral kunlari "Farg'ona geofizika ekspeditsiyasi" filialning doimiy harakatdagi komissiyasi xizmat safari doirasida 17/2022-2025-sonli Yangiariq seysmik qidiruv dala partiyasiga tashrif buyurdi. Xizmat safari davomida dala ishlarining holati, seysmik ishlarning bajarilishi, sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi qoidalarining bajarilishi hamda xodimlar uchun yaratilgan mehnat va dam olish sharoitlari bilan tanishildi.

Komissiya tomonidan partiya mas’ul xodimlariga belgilangan rejalar va geologik topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish, ish samaradorligini oshirish, dala ma’lumotlari sifatini nazorat qilish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, texnika va mexanizmlarga texnik ko‘rikni o‘z vaqtida o‘tkazish hamda ulardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech