"«O‘zbekgeofizika» AJda boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi"

“O’zbekgeofizika” AJda boshlangʼich kasaba uyushmasi qoʼmitasining hisobot-saylov konferensiyasi boʼlib oʼtdi. Unda “O’zbekgeofizika” AJ boshlangʼich kasaba uyushmasining so‘nggi besh yildagi faoliyati, ish beruvchi vakili hamda Taftish komissiyasi hisobotlari tinglanib, delegatlar tomonidan “qoniqarli” deb baholandi.
Konferensiya davomida 50 yildan ortiq “O’zbekgeofizika” AJ boshlangʼich kasaba uyushmasi raisi sifatida faoliyat olib borgan R. Zakirovga jamiyat rahbariyati va faxriylari tomonidan iliq tilaklar bildirilib, milliyligimiz ramzi bo‘lgan do‘ppi, chopon hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Konferensiyaning ikkinchi qismida “O’zbekgeofizika” AJ boshlangʼich kasaba uyushmasi qoʼmitasi raisligiga saylov o‘tkazildi. Saylov natijalariga ko‘ra, J. Ziyadullayev ushbu lavozimga saylandi. Shuningdek, kasaba uyushmasi qoʼmitasi va Taftish komissiyasining yangi tarkibi tasdiqlandi hamda “Oʼzbekgeofizika” AJ Birlashgan kasaba uyushmasining hisobot-saylov konferensiyasiga delegat saylandi.
Konferensiya kun tartibiga qo‘yilgan barcha masalalar muhokama qilinib, yangi kasaba uyushmasi qoʼmitasining kelgusi faoliyat yo‘nalishlari belgilab olindi.