Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

"«O‘zbekgeofizika» AJ komissiyasi «Gazli-Qorovulnozor» loyihasi doirasidagi ishlarning borishini baholadi"

03.03.2025
543

"O'zbekgeofizika" AJ "Buxoro geofizika ekspeditsiyasi" filialining doimiy harakatdagi komissiya a'zolari tomonidan yangi "Gazli-Qorovulnozor" loyihasi doirasida ish olib borayotgan 2D seysmik qidiruv dala partiyasiga tashrif buyurildi.

Tashrif davomida sanoat xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish bo'yicha 3-bosqich idoraviy nazorati amalga oshirildi. Shuningdek, dala ishlarining holati, birlamchi dala ma'lumotlarining sifati, seysmik qidiruv dala ishlarining bajarilishi hamda ishchi-xodimlar uchun yaratilgan mehnat va dam olish sharoitlari o'rganildi. Tegishli ko'rsatmalar va tavsiyalar berilib, ish jarayoniga zarur tuzatishlar kiritildi.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech