Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!

Navro‘z – yangilanish, mehr-oqibat va qadimiy qadriyatlarimizni ulug‘lash bayrami!
“O‘zbekgeofizika” AJda “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostida Navro‘z bayrami katta shodlik va ko‘tarinkilik bilan nishonlandi.
Tadbirni Jamiyat boshqaruv raisi R. Yusupjonov ochib, barcha ishtirokchilarni samimiy tabriklab, ezgu tilaklar bildirdi.
Musobaqalar va bellashuvlar
Bayram doirasida boshqaruv apparati va bo‘limlardan iborat 7 ta jamoa o‘zaro qizg‘in musobaqalarda bellashdi. Jamoalar uch yo‘nalishda mahorat ko‘rsatdi:
Badiiy ijodkorlik – milliy qo‘shiqlar, she’rxonlik va sahna chiqishlari
Milliy o‘yinlar – arqon tortish, lanka tepish, kamondan o‘q otish
Bilim va zakovat – viktorina savollari
G‘oliblar aniqlandi!
Hakamlar hay’ati natijalarni adolat bilan baholab, quyidagi jamoalarni g‘olib deb e’lon qildi:
1-o‘rin – Boshqaruv apparati jamoas
2-o‘rin – Zahiralarni hisoblash jamoasi
3-o‘rin – Klinika jamoasi
Bayramning ko‘rki bo‘lgan an’anaviy sumalak pishirilib, iftorlik dasturxoni yozildi.
Tadbir so‘ngida kasaba uyushmasi tomonidan barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Navro‘z barchamizga tinchlik, farovonlik va baraka olib kelsin!