O‘zbekgeofizika AJ: Barqaror rivojlanish sari!

"O‘zbekgeofizika" AJda KPMG kompaniyasi mutaxassislari tomonidan ESG (Ekologik, Ijtimoiy va Boshqaruv) va CSR (Korporativ Ijtimoiy Mas’uliyat) bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.
Seminar doirasida quyidagi mavzular atroflicha yoritildi: ESG va CSR standartlariga muvofiq hisobotlar tayyorlash va yuritish bo‘yicha xalqaro tajribalar; Jamiyatning global ESG reytingini oshirishga qaratilgan strategik rejalar; Barqaror rivojlanishni ta’minlashda innovatsion yondashuvlar va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish yo‘llari.
Treningda Jamiyat xodimlariga zamonaviy global standartlar haqida tushunсhalar berildi, ushbu sohada "O‘zbekgeofizika" AJning barqaror rivojlanish maqsad va rejalari muhokama qilindi.
Ma‘lumot uchun: "Katta to‘rtlikka" kiruvchi KPMG xalqaro auditorlik kompaniyasi tomonidan “O‘zbekgeofizika” AJning 2024-yil yakuniga ko‘ra ESG va CSR hisobotlari tayyorlandi, hamda tez kunlarda keng jamoatchilikka taqdim etilishi rejalashtirilgan.