Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

Korrupsiyaga qarshi kurash – umumiy burchimiz!

14.05.2025
335

Korrupsiyaga qarshi kurash – umumiy burchimiz!

"O‘zbekgeofizika" AJning "Yakkabog‘ geofizika ekspeditsiyasi" filialida xodimlar uchun "Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati" mavzusida navbatdagi seminar tashkil etildi.

Tadbirda jamiyatning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorati bo‘limi mutaxassislari tomonidan filial mas’ullariga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan ishlar, bu boradagi murosasiz pozitsiyani shakllantirish, shuningdek, xodimlarning huquqiy ongini va madaniyatini oshirishga doir batafsil tushuncha va tavsiyalar berildi.

Seminar yakunida mavzularni mustahkamlash maqsadida xodimlar orasida test savollari orqali bilim darajasi baholandi. Korrupsiyaga qarshi kurashish – bu faqat qonuniy talab emas, balki jamiyatimizning sog‘lom va barqaror taraqqiyotiga qo‘yilgan mustahkam poydevordir.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech