“Amirobod KGE”da korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

“Amirobod KGE”da korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
“O‘zbekgeofizika” AJ “Amirobod KGE” filialida Jamiyatning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorati bo‘limi mutaxassislari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida mutaxassislar korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga doir dolzarb ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.
Davra suhbati yakunida xodimlar o‘rtasida maxsus test o‘tkazilib, ularning korrupsiyaga oid bilimlari baholandi.
Ushbu tashabbus xodimlar o‘rtasida halollik va mas’uliyat muhitini kuchaytirishga xizmat qiladi.