Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

“O‘zbekgeofizika” AJda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi bo‘yicha ichki audit o‘tkazildi

06.05.2025
338

“O‘zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi bo‘yicha ISO 37001:2016 xalqaro standart talablari asosida ichki audit jarayonlari amalga oshirildi.

Audit davomida tizim faoliyatining amaldagi huquqiy-me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi, risklarga qarshi choralar samaradorligi hamda profilaktik mexanizmlarning mavjudligi baholandi.

Shuningdek, mazkur jarayon doirasida xodimlar ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga oid seminarlar tashkil etildi va mavzu yuzasidan bilim darajasini aniqlash maqsadida test sinovlari o‘tkazildi.

Ushbu tadbirlar Jamiyatda halollik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash, shuningdek, xalqaro standartlarga muvofiq menejment tizimini doimiy takomillashtirishga xizmat qiladi.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech