Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

“O‘zbekgeofizika” AJ tomonidan Ustyurt-Aral hududida chuqur izlov-qidiruv qudug‘ida kon-geofizika ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi

04.06.2025
258

2025-yil 1-iyun kuni “O‘zbekgeofizika” AJ tarkibidagi “Amirobod KGE” filialining kon-geofizika otryadi tomonidan “O‘zneftgaz Burg‘ulash ishlari” MChJ buyurtmasiga asosan Ustyurt-Aral hududida joylashgan Karakalpakiya maydonining №1-sonli izlov-qidiruv qudug‘ida (chuqurligi – 5250 metr) kon-geofizika ishlari majmuasi o‘z vaqtida va yuqori sifatda amalga oshirildi.

Ishlar zamonaviy, yuqori haroratga chidamli quduq priborlari yordamida bajarilib, murakkab geologik sharoitlarda ishonchli geofizik ma’lumotlar olinishini ta’minladi.

Olingan birlamchi ma’lumotlar “O‘zbekgeofizika” AJ geologiya bo‘limi tomonidan ilmiy asosda talqin (interpretatsiya) qilindi va natijalari bo‘yicha buyurtmachiga batafsil xulosa taqdim etildi.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech