"O‘zbekgeofizika" AJ rahbariyati Yakkabog‘ geofizika ekspeditsiyasi tarkibidagi 4-dala partiyasiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida Boshqaruv raisining ishlab chiqarish va innovatsiyalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari A. Azimboev hamda ta’minot, qurilish, transport va ijtimoiy masalalar bo‘yicha departament rahbari T. Aliqulov ishtirok etdi.
Asosiy maqsad:
• Davlat dasturining sifatli bajarilishini ta’minlash
• Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish
• Loyiha metodikasiga muvofiqligini baholash
• Mehnat sharoitlari va sanoat xavfsizligini o‘rganish
Tashrif davomida 4-bosqichli nazorat o‘tkazilib, ishlar holati bevosita joyida ko‘zdan kechirildi.