“Oʻzbekgeofizika” AJ “Amirobod KGE” filiali doimiy harakatdagi ishchi guruh aʼzolari Koson kon-geofizika partiyasiga hamda Shimoliy Chimbar-1 qudugʻida geofizik tadqiqotlar va geologo-texnologik otryadlarning ish jarayonlarini nazorat qilish, shuningdek, metodik yordam koʻrsatish maqsadida tashrif buyurishdi.

Monitoring jarayonida kon geofizik maʼlumotlarining toʻliqligi va sifati, shuningdek, sanoat xavfsizligi hamda mehnat muhofazasi boʻyicha 3-bosqich idoraviy nazorat tekshiruvi oʻtkazildi. Ishlab chiqarish obyektlarida baxtsiz hodisalar va noxush vaziyatlarning oldini olish, sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi qoidalariga rioya qilish maqsadida ishlab chiqilgan tashkiliy-texnik chora-tadbirlarning ijrosi oʻrganildi.
Nazorat natijalariga koʻra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.