"Dolzarb 30 kun": Yong‘in xavfsizligi doimo e’tiborda!

20-maydan 20-iyungacha respublikamizda o‘tkazilayotgan "Dolzarb 30 kun" tadbiri doirasida "Buxoro geofizika ekspeditsiyasi" filialida Kogon tuman Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida xodimlar yong‘in yuzaga kelganda qanday harakat qilish, birinchi yordam ko‘rsatish va evakuatsiya tartib-qoidalarini amalda sinovdan o‘tkazishdi.
Maqsad — xodimlarning yong‘in xavfsizligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilishga tayyor bo‘lish!