Ish sifati, sharoitlar va resurslarni kengaytirish bo‘yicha amaliy nazorat

Joriy yilda belgilangan geologiya va geofizika vazifalarini oʻz vaqtida va samarali bajarish, amalga oshirilayotgan ishlarning sifati va ishonchliligini oshirish, shuningdek dala sharoitida ishchi xodimlarga yaratilgan mehnat sharoitlarini oʻrganish maqsadida “Oʻzbekgeofizika” AJ boshqaruv raisi R.Yusupjonov “Buxoro geofizika ekspeditsiyasi” filiali tarkibidagi Qorovulbozor 3D seysmik partiyasiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida dala seysmik qidiruv ish jarayonlari, partiyada yaratilgan mehnat va dam olish sharoitlari, loyiha boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishildi.
Shuningdek, Buxoro-Xiva regionida mineral-xom ashyo bazasini koʻpaytirish maqsadida uglevodorod resurslarini oʻstirishga oid materiallar oʻrganildi va masʼul ijrochilarga tegishli koʻrsatmalar berildi.