Ustyurt hududidagi seysmik qidiruv ishlari joylarga chiqib o‘rganildi

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025-yil 7-martdagi 29a-sonli buyrug‘iga muvofiq, Geologiya vazirligining Ishchi guruhi bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ustyurt hududida joylashgan “O‘zbekgeofizika” AJ seysmik qidiruv partiyalarida olib borilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarning belgilangan geologik topshiriqlarga muvofiqligi, ishlarning bosqichma-bosqich bajarilishi, dala va kameral ishlar sifati, hujjatlarning to‘liqligi hamda bajarilgan ish hajmlarining dalolatnomalarga muvofiqligi bo‘yicha atroflicha tahlil o‘tkazildi va tegishli tavsiyalar berildi.