"O‘ZBEKGEOFIZIKA" AJ VA SLB (Schlumberger) KOMPANIYASI UCHRASHUVI
"O‘zbekgeofizika" AJ va Schlumberger xalqaro servis kompaniyasi vakillari o‘rtasida samarali uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining maslahatchisi B. Normatov ham ishtirok etdi. Unda seysmorazvedka ma’lumotlarini qayta ishlash va talqin qilish sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga o‘zaro qiziqish bildirdilar. Ushbu hamkorlik tajriba almashinuvi, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va O‘zbekistondagi geofizik tadqiqotlar samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Muhokama quyidagi asosiy yo‘nalishlarni qamrab oldi:
- 3D seysmik qidiruv ma’lumotlarini qayta ishlash va talqin qilish bo‘yicha pilot loyihani birgalikda amalga oshirish;
- Schlumberger kompaniyasining geofizik ma’lumotlarni qayta ishlashdagi innovatsion yechimlarini qo‘llash;
- Mutaxassislar malakasini oshirish va o‘qitish.
"O‘zbekgeofizika" AJ geologik-qidiruv ishlarining sifatini oshirish va eng yaxshi xalqaro tajribalarni joriy etish maqsadida xalqaro hamkorlikni faol rivojlantirib bormoqda.



