“O‘zbekgeofizika” AJ va CNLC kompaniyasi uchrashuvi

“O‘zbekgeofizika” AJ rahbariyati hamda Xitoyning China National Logging Corporation (CNLC) kompaniyasi vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida CNLC vakillari chuqur quduqlarda yuqori bosim va yuqori haroratda ishlash imkoniyatiga ega karotaj uskunalari haqida taqdimot o‘tkazdilar. Shuningdek, tomonlar neft-gaz qidiruvi va rivojlantirish jarayonlarida qo‘llaniladigan ilg‘or texnologiyalar yuzasidan fikr almashdilar.
CNLC kompaniyasi 1995 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda neft va gazni qidirish hamda qazib olish uchun qo‘llab-quvvatlovchi xizmatlarni taqdim etadi va sohada katta tajribaga ega.
Uchrashuv yakunida CNLC vakillari tomonlar kelgusida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida qiziqish bildirdilar.